Uchrashuv davomida mehmonlar Markaziy bankning kelgusi yillar uchun kutilayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlari, strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari, moliya bozorlarini rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlari va uy xo‘jaliklarini moliyalashtirish jarayonlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, muloqot davomida O‘zbekistonda moliya sektorini modernizatsiyalash va samaradorligini oshirish, raqamli bank texnologiyalari va innovatsiyalaridan foydalanish, bank va to‘lov tashkilotlarini litsenziyalash tartibi hamda moliya sektoriga kirish istagida bo‘lgan xorijiy banklarga yaratilgan imkoniyatlar ham muhokama etildi, deb xabar beradi Markaziy bank matbuot xizmati.