Asarda Ozarbayjonda akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatiya vakolatxonalari rahbarlari, deputatlar, OMFA vitse-prezidenti, shuningdek, Oʻzbekiston hamda Ozarbayjon navoiyshunos, adabiyotshunos va tilshunos olimlarining Navoiy hayoti va ijodi haqidagi ilmiy, ommabop fikrlari hamda maqolalari oʻz ifodasini topgan.
Kitob Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutining Ozarbayjon–Turkmaniston–Oʻzbekiston adabiy aloqalar boʻlimi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Almaz Ulvi Binnatova tomonidan nashrga tayyorlandi.
Kecha buyuk mutafakkir Alisher Navoiyga bagʻishlangan ushbu kitob, muallif Almaz Ulvi Binnatova tomonidan elchixonaga taqdim etildi.
Muallif bilan boʻlib oʻtgan muloqot chogʻida yaqin kunlarda “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy: anʼana va novatorlik” nomli kitobining maxsus taqdimotini oʻtkazish masalalari va kelgusidagi ijodiy hamkorlik istiqbollari xususida oʻzaro fikr almashildi.
Suhbat yakunida OMFA Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutining Ozarbayjon–Turkmaniston–Oʻzbekiston adabiy aloqalar boʻlimi bilan hamkorlikda Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirlarni hamkorlikda oʻtkazishga kelishib olindi.