Ozarbayjonda “baliq yomgʻiri” yogʻdi

    Oqibatda yoʻlda tirbandlik yuzaga kelgan.

    Mamlakatning Absheron viloyatida, aniqrogʻi Mehdiobod qishlogʻida juda noodatiy yoʻl-transport hodisasi yuz berdi. Unda baliq olib ketayotgan avtomobilning orqa eshigi ochilib ketishi natijasida baliqlar yoʻlga sochilib ketgan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarga koʻra, hodisa natijasida katta miqdordagi baliqlar yoʻl boʻlagiga tushib qolgan. Buning oqibatida tirbandlik ham yuzaga kelgan.

    Eslatib oʻtamiz, bundan oldin Eronda ham kuchli dovul natijasida osmondan baliqlar yogʻgandi.