Ozarbayjonda 2024-yil 7-fevralda navbatdan tashqari prezident saylovi boʻlib oʻtadi, deyilgan mamlakat rahbari Ilhom Aliyev farmoyishida.
– Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev 7-dekabrda davlat rahbarligi uchun navbatdan tashqari saylov oʻtkazish haqidagi farmoyishni imzoladi, – deyiladi davlat rahbari saytida eʼlon qilingan xabarda. – Hujjatga binoan, Markaziy saylov komissiyasiga respublika saylov kodeksida oʻrnatilgan tartibda 2024-yil 7-fevralda navbatdan tashqari prezident saylovini oʻtkazishni taʼminlash topshirigʻi berildi.
20 yildan buyon mamlakatga yetakchilik qilib kelayotgan Ilhom Aliyev yana prezidentlikka nomzodini koʻrsatishi mumkin. Ozarbayjonda navbatdagi oliy darajadagi saylov 2025-yil boʻlib oʻtishi kerak edi. Xabarda muddat koʻchirilishining sababi keltirilmagan.
2016-yil oʻtkazilgan referendum natijasiga koʻra, mamlakatda prezident saylovi har 7 yilda boʻlib oʻtishi belgilangan. Ushbu oʻzgarishdan keyin, yaʼni 2018-yil aprelda Ilhom Aliyev Ozarbayjon prezidenti etib saylangan.
Mamlakat konstitutsiyasida prezident saylovida ishtirok etish uchun cheklov yoʻq, shu bois Aliyev davlatning oliy lavozimiga yana nomzodini koʻrsatishi mumkin.
Ilhom Aliyev boshqaruvida, yaʼni 2023-yil Ozarbayjon Qorabogʻni qaytarib olib, oʻz hududiy yaxlitligini tikladi.