Fuzuliy shahri aeroportida oliy martabali mehmonni Ozarbayjon Respublikasi rasmiy shaxslari kuzatib qoʻydi.
Kuni kecha davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisi Ilhom Aliyev hamrohligida Shushadagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Bugun Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti boʻlib oʻtdi, unda Prezidentimiz hamkorlikni kengaytirishning ustuvor yoʻnalishlarini koʻrsatdi va muhim takliflar bilan chiqdi.
Shuningdek, sammit doirasida Oʻzbekiston yetakchisi Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv oʻtkazdi.