Oʻzaro kelishmovchilik ortidan chiqqan janjal bir kishining oʻlimi bilan yakun topdi

    Janjal davomida E.U. Sh.O.ning bosh qismiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

    Joriy yilning 14-fevral kuni fuqaro Sh.O.(ayol) Fargʻona shahar Joʻydam MFYda joylashgan ekin yer maydoni chetidagi terak daraxtlarni kestirayotgan vaqtida, ushbu yer maydoning sobiq egasi fuqaro E.U. terak daraxtlari unga tegishli ekanligi xususida janjallashib ketishgan.

    Janjal davomida E.U. Sh.O.ning bosh qismiga tosh bilan urib, tan jarohati yetkazgan. Koʻrsatilgan birinchi tez-tibbiy yordamga qaramasdan Sh.O. shifoxonada vafot etgan.

    "Tayinlangan sudga oid tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga koʻra, Sh.O.ning oʻlimiga bosh qismidan olgan ogʻir tan jarohatlari sabab boʻlgani koʻrsatilgan.

    Mazkur holat yuzasidan E.U.ga nisbatan shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olingan", deya xabar beradi Fargʻona viloyat IIB Axborot xizmati.