Mazkur hamkorlik doirasida O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan Ikkinchi jahon urushi davrida O‘zbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilingan yahudiylar taqdiri bilan bog'liq ayrim arxiv materiallari mazkur muzeyiga taqdim etilgan.
AQSh Xolokost yodgorlik muzeyi 1993 yilda AQSh Prezidenti Bill Klinton tomonidan tashkil etilgan. Shu vaqtga qadar 44 milliondan ortiq kishi ushbu muzey faoliyati bilan tanishgan. Jumladan, 132 davlatdan 100 ga yaqin davlat rahbarlari hamda 4 mingga yaqin yuqori martabali mehmonlar ushbu muzeyga tashrif buyurgan. Muzeyning Nyu-York, Boston, Boka Raton, Chikago, Los Anjeles va Dallas shaharlarida o‘z ofislari bor.
Mazkur hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida “O‘zarxiv” agentligi direktori Ulug‘bek Yusupov, Xolokost Milliy hujjatshunoslik instituti direktori Rebekka Boeling, O‘zbekistonning AQShdagi Favqulodda va muxtor elchisi Javlon Vahobov va soha mutaxassislari, jurnalistlar ishtirokida o‘tgan onlayn tarzda muloqot qilishdi.
Kelgusida har ikki tomon mutaxassislarining sohada erishilgan yutuqlar bilan o‘rtoqlashish, tajriba almashish ko‘zda tutildi.
“O'zarxiv” agentligi hamda AQSh Xolokost yodgorlik muzeyi o‘rtasida hamkorlik shartnoma imzolandi. Shuningdek, ushbu shartnomani imzolanishi ilmiy-tadqiqot ishlanmalarida arxiv hujjatlarni raqamlashtirish hamda jismoniy shikastlangan arxiv hujjatlari restavratsisida Muzey tomonidan qo‘llaniladigan yangi texnologiyalar bo‘yicha tajriba almashishga imkoniyat yaratadi.
Shartnoma xalqaro huquq normalariga amal qilingan holda onlayn tarzda imzolandi.