“Oʻzavtoyoʻlbelgi” korxonasi faoliyatida korrupsion sistema fosh boʻldi

    Dolzarb 27 Fevral 2023 2053

    Huquq-tartibot idoralari tomonidan Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tarkibidagi “Oʻzavtoyoʻlbelgi” davlat unitar korxonasi faoliyatida noqonuniy holatlar aniqlandi.

    “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorga muvofiq, “Oʻzavtoyoʻlbelgi”ga istisno tariqasida mahalliy va xorijiy tashkilotlar bilan eng yaxshi taklif orqali mahsulotlarni sotib olish toʻgʻrisidagi shartnomalarni tanlov savdolarini oʻtkazmasdan tuzishga ruxsat berilgan.

    Ammo, DUK mansabdor shaxslari 2021-2022-yillarda oʻzlariga tanish boʻlgan 5 ta mahalliy MCHJ bilan jami 9 mlrd. 193 mln. soʻmlik 21 ta shartnoma tuzib, ulardan yoʻl belgilarini yasash va chizishda foydalaniladigan mahsulotlarni erkin bozor narxlaridan qimmat narxlarda xarid qilib, 2 mlrd. 701 mln. soʻm miqdoridagi byudjet mablagʻlarini talon-toroj qilishgan.

    Holat yuzasidan “Oʻzavtoyoʻlbelgi” DUK va 5 ta MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.