Oʻzbek – Hind sanʼat ustalari ishtirokida onlayn mahorat saboqlari haftaligi

    Madaniyat 23 Yanvar 2021 2936

    “Oʻzbekkonsert” davlat muassasasi tomonidan Toshkentdagi Lal Bahodir Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi bilan hamkorlikda Oʻzbek-Hind sanʼat ustalari ishtirokida onlayn mahorat saboqlari haftaligi tashkil etilmoqda.

    2021-yilning 23-29-yanvar kunlari boʻlib oʻtishi moʻljallangan mazkur haftalik doirasida ikki mamlakatning qoʻshiqchilik, raqs, musiqa va sahna liboslari boʻyicha mutaxassislari tomonidan ushbu yoʻnalishlarda taʼlim olayotgan talabalar va sanʼat ixlosmandlari uchun onlayn mahorat saboqlari, sohaga oid tajriba almashishlar tashkil etish koʻzda tutilgan.

    Bugun, 23-yanvar Turkiston sanʼat saroyida mazkur haftalikning ochilish marosimi tashkil etildi. Unda Madaniyat vazirligi, “Oʻzbekkonsert” DM, Lal Bahodir Shastri nomidagi Hindiston madaniyat markazi, sanʼat va madaniyat yoʻnalishidagi oliy oʻquv yurtlari hamda oʻzbek sanʼati vakillari ishtirok etishdi.