Magnitogorsk shahrida “Osiyo” o‘zbek milliy markaz faollari, G.Nosov nomidagi Magnitogorsk davlat texnika universiteti rahbariyati ishtirokida ushbu kitoblarni topshirish marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston “Vatandoshlar” jamoat fondi tomonidan xorijda istiqomat qilib kelayotgan yurtdoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodga boy madaniy-maʼrifiy tariximizni tanishtirish maqsadida taqdim etilgan taniqli o‘zbek yozuvchi va shoirlarining kitoblari tantanali ravishda topshirildi.
Markaz faollari O‘zbekiston rahbariyati tomonidan xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarga ko‘rsatilayotgan eʼtibor uchun minnatdorlik bildirish barobarida, ushbu kitoblar o‘zbek tili, madaniyati va urf-odatlarini kelajak avlodlarga yetkazish hamda xalqaro mavqeini yana-da mustahkamlashga xizmat qilishini taʼkidladi.
Konsulxona xodimlarining Magnitogorsk shahriga xizmat safari davomida «Svejaya vipechka», «Sheremetyev A.V» korxonalarida vaqincha ishlayotgan vatandoshlar bilan uchrashuvi tashkil etildi.
O‘zbekistonda davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar va ularning natijalari haqida batafsil maʼlumotlar ishtirokchilar eʼtiboriga havola etildi. Shuningdek, so‘nggi yillarda xorijda mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarimiz va ularning oilalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qabul qilingan so‘nggi hujjatlarning manmun-mohiyati va ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Xususan, O‘zbekiston Prezidentining 2022 yil 1 martdagi «Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini va ularning oila aʼzolarini qo‘llab-quvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi sonli qaroriga alohida eʼtibor qaratildi.
Muloqot davomida, shuningdek, mamlakatimizda o‘tkazilayotgan konstitutsiyaviy islohotdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolarning haq-huquqlarini munosib himoya qilish, aholi turmush farovonligini yuksaltirishdan iborat ekani taʼkidlandi.