Taniqli adib Qo'chqor Norqobilning Rossiyada «Ulыbnis, lyubimaya!» («Sevgilim, tabassum qil!») deb nomlangan kitobi 5 000 nusxada chop etildi.

Kitob hozirgi kunda Rossiyada mashhur bo'lgan «LitRes», «LiveLib», «Ridli», «Knigogid», «KindBokc.net» kabi ko'plab saytlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng targ'ib qilinmoqda.

Ushbu kitob adibning Rossiyada nashr qilingan uchinchi kitobidir.

– «Barcha zamonlar kitobi» ruknida Migel de Servantes tseriyasida chop etilgan mazkur kitobda o'zbek adibining qissa va hikoyalari jamlangan. Muallif Ispaniyada bo'lib o'tadigan kitob festivalida ishtirok etish imkoniga ega bo'ldi. Nashriyotimiz hay'ati qaroriga ko'ra o'zbek adibi nomzodi Servantes nomidagi Xalqaro adabiy mukofot tanloviga ham tavsiya etildi, – deydi kitob muharriri va loyiha rahbari Oksana Kovalyovskaya.