Oʻzbek akademigining kitobi Londonda chop etildi

    Voqea-hodisalar 10 Avgust 2020 1753

    Oʻzbek akademigining mehnat iqtisodiyoti masalalariga bagʻishlangan kitobi Londondagi “Scientific Publishing Hous IVG” nashriyotida chop etildi.

    G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining akademigi Qalandar Abdurahmonovning “Mehnat iqtisodiyoti. Nazariya va amaliyot” darsligi Londondagi “Scientific Publishing Hous IVG” nashriyotida “Labour Ekonomics. Theoryand Practice” nomi bilan ingliz tilida chop etildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

    Albatta, mamlakatimizda mehnat munosabatlari sohasida ulkan oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu oʻzgarishlar Oʻzbekistonning jahon miqyosidagi ijobiy imijini oshirishda muhim ahamiyatga ega boʻlmoqda.

    Ana shu jarayonlarni oʻz koʻzi bilan koʻrib, ularda bevosita ishtirok etib, boshqalardan koʻra xolis va haqqoniy baho berish imkoniga ega oʻzbek olimining bu boradagi fikr va xulosalari esa, xorijliklarning qiziqishni yana-da oshirmoqda.