Oʻzbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, federatsiya mutasaddilari mazkur jang natijasi yuzasidan “protest” berishgan.
Jang qayta koʻrib chiqilib, yakunda Abduvali Boʻriboyev final yoʻllanmasiga ega chiqqan.
Shu tariqa yoshlar toifasida finalga yoʻl olgan bokschilarimiz soni 10 nafarga yetgan.