Bugun qitʼa birinchiligida erkaklar ishtirokidagi final bahslari boʻlib oʻtdi. Kun davomida 10 nafar bokschilarimiz ringga koʻtarildi. Ulardan Shahzod Muzaffarov va Jasurbek Yoʻldoshevlar teng kurashli bahslarda qozogʻistonlik bokschilarga kichik hisobda imkoniyatni boy berdi va kumush medalga ega chiqdi. Qolgan 8 nafar bokschimiz boʻlsa, raqiblaridan bir bosh ustunligini yana bir bor isbotladi.
Jamoamiz yakunlarga koʻra umumjamoa hisobida ham 8 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza bilan yana bir bor tengsizligini isbotladi. Ushbu natija uchun jamoamiz Qozogʻistonning Parijga borgan asosiy jamoasini ham Ukrainaning kuchli tarkibini ham yangilangan yosh zahira tarkibimiz bilan dogʻda qoldirdilar. Osiyoda, nafaqat Osiyoda balki dunyoda terma jamoamiz yakka peshqadamligini isbotlashda davom etmoqda.
Gʻolib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev
-51 kg: Asilbek Jalilov
-57 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-63,5 kg: Adhamjon Muhiddinov
-67 kg: Mujibillo Tursunov
-71 kg: Havasbek Asadullayev
-75 kg: Javohir Ummataliyev
-80 kg: Toʻrabek Habibullayev
Kumush medal:
-54 kg: Shahzod Muzafarov
-86 kg: Jasurbek Yoʻldoshev
Bronza medal:
+92 kg: Jahongir Zokirov