Bahslar yakuniga ko'ra balandligi 135 sm bo'lgan to'siqlardan o'tish bellashuvlarida Bekzod 60 nafar sportchi orasida musobaqaning kumush medaliga sazovor bo'ldi. 70 nafar ishtirokchi bahs olib borgan balandligi 140 santimetrni tashkil etgan yo'nalishda esa sportchimiz bronza medali bilan taqdirlandi , deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi manbasiga asoslanib.

eslatib o'tamiz, Bekzod Qurbonov Las-Vegas (AQSH)da bo'lib o'tishi kerak bo'lgan «FEI World Cup 2020» musobaqasining final bosqichiga yo'llanma olgan. Vakilimiz mazkur nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ko'rish uchun Germaniyaga yo'l olgan edi. Biroq koronavirus sababli u Evropa arenalarida o'z ishtiroklarini vaqtinchalik to'xtatgan edi. Hozirgi kunga kelib, musobaqalarning qayta boshlanganligi sababli B.Qurbonov yurtimiz sharafini himoya qilishda davom etmoqda.