Mazkur xalqaro muosabaqada hamyurtlarimiz Gran-pri dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. “Mattsa” laqabli tulpori bilan bahslarda qatnashgan terma jamoamiz yetakchisi Bekzod Qurbonov bronza medaliga sazovor boʻldi. Shuningdek, Nurjan Tuyakbayev “Lanselotta” otida kuchli beshlikdan joy oldi.
Gran-pri dasturida rossiyalik Mixail Safronov oltin medalni qoʻlga kiritgan boʻlsa, yana bir mezbonlar vakili Anastasiya Sherbakova shohsupaning ikkinchi pogʻonasidan joy oldi.
Ushbu bosqich yakunlariga koʻra, Bekzod Qurbonov 82, Nurjon Tuyakbayev esa 71 ball bilan umumiy hisobdagi yetakchilikni saqlab turibdi. Ulardan keyingi pogʻonalarni Sergey Petrov (64), Nataliya Simoniya (62), Ivan Malyugin va Mixail Safronov (55) band etgan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
Mazkur musobaqaning final bosqichi 5-9-oktyabr kunlari boʻlib oʻtadi.