Oʻzbek diasporalari rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi

    Ijtimoiy hayot 20 Oktabr 2020 1667

    Rossiya Federatsiyasining Novosibirsk, Omsk, Tomsk, Kemerovo oblastlari hamda Krasnoyarsk oʻlkasi hududidagi oʻzbek diasporalari rahbarlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

    Tashqi mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Rossiya Federatsiyasidagi vatandoshlar tashkilotlari va oʻzbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilayotgani taʼkidlandi.

    Uchrashuvda oʻzbek mehnat migrantlari huquqlarini himoya qilish, ularning muammolarini aniqlash va yordam berish, fuqarolarimiz uchun rus tili, Rossiya tarixi va turli zarur kasblarga oʻqitishni tizimli tashkil etish masalalari boʻyicha oʻzaro kelishuvlarga erishildi, deb xabar beradi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.