Ushbu tadbirda qatnashishdan ko‘zlangan asosiy maqsad turli davlatlar moda sanoatining eng yangi tamoyillarini o‘rganish, zamonaviy va milliy liboslarni jahon sahnalarida namoyish etish orqali o‘zbek moda sanoati nufuzini yuksaltirish, yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash bilan izohlanadi.
Mazkur xalqaro moda festivalida Italiya, Ispaniya, Fransiya, Shveysariya, Markaziy Osiyo davlatlari va BAA dan kelgan bir qator dizaynerlar ishtirokida modalar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonlik dizayner Maʼruf Azimov festival maydonchasida mamlakatimizning madaniyati, moda sanoati va to‘qimachilik sanoatida erishilgan muvaffaqiyatlarni mutaxassislar va moda ixlosmandlariga taqdim etdi. Yosh o‘zbek dizayneri tomonidan yaratilgan o‘zbek milliy va zamonaviy liboslari tadbir ishtirokchilarining eʼtirofiga sazovor bo‘ldi.