Dilshodbek Usmonovning “Montaj” qisqa metrajli fil`mi Braziliyada o'tkazilgan “Campinas film festival — 2022”ning “eng yaxshi xalqaro qisqa metrajli film” mukofoti bilan taqdirlandi

 Shuningdek, mazkur film “Debyut” festivalining 2-darajali “Gran Pri” mukofotiga sazovor bo'lgan. Hong Kongda oliy o'quv yurtlari o'rtasidagi “Global University Film Awards 2022” festivali, Avstriya poytaxti Vena shahrida bo'lib o'tgan “Vienna International Film Awards” kinofestivali, “Moskva premyerasi” xalqaro kinofestivali, Marokashda o'tkazilgan VII “Tetauon” xalqaro film maktablari kinofestivali, Qozog'istondagi “Bastau” butun dunyo talabalar hamda debyutantlar kinofestivalida ham ishtirok etgan va turli yo'nalishlarda taqdirlangan edi.