Oʻzbek filmlari xalqaro festivalda ishtirok etadi

    Oʻzbek filmlari 20-26-aprel kunlari boʻlib oʻtadigan “GoEast” (Festival of Central and Eastern Europan Film) xalqaro festivalida ishtirok etadi. Bu haqda Kinematografiya agentligi matbuot xizmati xabar qildi.

    Festivalda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Yolqin Toʻychiyevning “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” va Ayub Shahobiddinovning “Rangsiz tushlar” filmi ishtirok etadi.

    Mazkur kinofestival har yili Markaziy va Sharqiy Yevropaning turli mintaqalaridan badiiy, hujjatli va animatsion filmlarni saralab oladi va turli nominatsiyalar boʻyicha mukofotlaydi. (Shuningdek, Sobiq ittifoq tarkibiga kirgan davlatlar filmlari ham ishtirok etadi)

    Kinokartinalar festivalning asosiy dasturidan tashqari konkurslarda ishtirok etadi va kinomutaxassislar tomonidan muhokamalar boʻlib oʻtadi.