Dastur doirasida nomzodlar 3 oylik stajirovkadan oʻtib, keyin toʻliq muddatli mehnat shartnomasi imzolashlari mumkin.
Nomzodlarga oyiga 1200–1500 yevro maosh, bepul turar joy, tushlik va italyan tili kurslari taklif qilinadi. Stajirovka yakunida 1800–2200 yevro maoshli mehnat shartnomasi tuzish yoki avvalgi ish oʻrniga qaytarish imkoniyati beriladi.
Talablar: “Oliy hamshiralik ishi” boʻyicha oliy maʼlumot, kamida 3-yil ish tajribasi, 20–45 yosh, sogʻlomligi va xorijga chiqishga cheklovi yoʻqligi.
Kerakli hujjatlar: pasport nusxasi, diplom, ingliz tilida obyektivka maʼlumotnoma (namuna boʻyicha), soʻnggi uch oyda olingan 3,5 x 4,5 sm rangli fotosurat.
Arizalar 2025-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi. Birinchi bosqichda 10 nafar nomzod tanlab olinadi.









