O'zbek haykaltaroshi xalqaro mukofot sohibi bo'ldi

    U “Debyutlar hamdo'stligi” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.

    Bishkek shahrida 12-13 sentyabr kunlari bo'lib o'tgan MDH Ijodiy va ilmiy ziyolilari forumida taniqli o'zbek haykaltaroshi Bahrom Norboev “Debyutlar hamdo'stligi” xalqaro mukofoti bilan taqdirlandi.

    Mukofot MDHga a'zo davlatlarning Gumanitar hamkorlik kengashi va gumanitar hamkorlik bo'yicha davlatlararo jamg'armasi tomonidan ta'sis etilgan.

    “Debyutlar hamdo'stligi” xalqaro mukofoti har yili ta'sischilar tomonidan belgilanadigan gumanitar sohadagi yosh mutaxassislarga (35 yoshgacha) beriladi. Mukofot 2008 yildan beri mavjud.