Suhbat chogʻida oʻzaro munosabatlarning barcha darajalarida ikki tomonlama sheriklikni chuqurlashtirish va toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar mavjudligi qayd etildi.

Oʻzbek tomoni hind hamkorlari bilan sogʻliqni saqlash va farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi, veterinariya va chorvachilik sohalaridagi munosabatlarni jadallashtirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish borasidagi rejalari bilan oʻrtoqlashdi. Bundan tashqari, tomonlar mamlakatlarimizni bogʻlaydigan transport yoʻlaklarini rivojlantirish istiqbollariga ham toʻxtalib oʻtdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasida 2022-2023-yillarga moʻljallangan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport, ilm-fan va gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish dasturini tezkor ishlab chiqish va qabul qilishni qoʻllab-quvvatlashga oʻzaro tayyorlik bildirildi.

Muzokaralar yakunida hamkorlikni chuqurlashtirish va erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq etish boʻyicha navbatdagi tadbirlar belgilandi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.