7 dekabr` kuni o'zbekistonlik kinoijodkorlarni Ozarbayjon Respublikasi Madaniyat vaziri Anar Karimov qabul qildi. O'zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, ikki xalq o'rtasidagi madaniy aloqalar uzoq tarixga borib taqalishini qayd etdi.
"Keyingi yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev hamda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev tashabbuslari bilan mamlakatlarimiz o'rtasidagi madaniy aloqalar ham yangi bosqichga ko'tarilmoqda. Ikki mamlakatda milliy kino kunlarini o'tkazish yaxshi an'anaga aylandi. Bundan keyin ham kinoijodkorlarimiz o'rtasidagi madaniy hamkorlikni rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga tayyormiz", - dedi Firdavs Abduxoliqov.
O'z navbatida Anor Karimov ham kino sohasida yangi-yangi loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish uchun tayyor ekanini bildirdi.
Ozarbayjonda "O'zbekiston kinosi kunlari" davom etmoqda.