Oʻzbek meʼmor qizi dunyoning 100 ta ayol meʼmorlari qatoridan joy oldi

    Voqea-hodisalar 6 Yanvar 2024 832

    Britaniya meʼmorlari Qirollik instituti (RIBA) tomonidan nashr etilgan dunyoning 100 nafar meʼmor ayollar faoliyati haqidagi kitobga oʻzbek meʼmori Taxmina Turdialiyevani ham kiritdi.

    “100 women architects in practice” deb nomlanuvchi kitobning rasmiy taqdimoti London shahrida joriy yilning 23-yanvar kuni oʻtkaziladi. “RIBA” tomonidan chop etilayotgan ushbu kitobda ayollarning arxitekturaviy muhitga qoʻshgan hissasi haqli ravishda eʼtirof etiladi va butun dunyo boʻylab ayol-meʼmorlarning boy, xilma-xil va qiziqarli faoliyati haqida maʼlumotlar beradi.

    Nashrda Taxmina Turdialiyeva tomonidan poytaxtimizda loyihalashtirilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining Shota Rustaveli koʻchasidagi maʼmuriy binosi va Zamonaviy sanʼat markazidagi yozgi hovlining soyali konstruksiyasi haqida maʼlumotlar taqdim etilgan.