O'zbek milliy akademik drama teatri yangi direktor tayinlandi

    Madaniyat 29 Oktabr 2020 4509

    O'zbekiston xalq artisti Yodgor Sa'diyev O'zbek milliy akademik drama teatri direktori etib tayinlandi. 

    Ayni vaqtda teatr jamoasi bilan yig'ilish o'tkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri – O'zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov Yodgor Sa'diyevni O'zbek Milliy akademik drama teatri direktori lavozimiga tayinlanganini e'lon qilgan.

    2015 yildan buyon teatr direktori lavozimida ishlab kelayotgan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Fathulla Ma'sudov joriy yilning 30-avgust kuni koronavirus sabab vafot etgan edi