“Agar sayyoh shaharning shovqin-suronidan charchagan bo'lsa, ruhiy qulaylikni his qilish uchun go'zal tabiat qo'ynida dam olishi kerak, – deyiladi maqolada. – Bu tuyg'uni o'zbek qishloqlarida his qilish mumkin. O'zbekiston turistik kompaniyalari qishloq aholisi hayotini ko'rish, chekka qishloqda yoki chodirlarda yashash, to'y marosimida qatnashish, farzand tug'ilishi munosabati bilan o'tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish, sahrolarda ot yoki tuya minish, noyob hayvonlarni tomosha qilish kabi turli sayohatlarni taklif etadi”.

Nashrda ta'kidlanishicha, O'zbekiston qishloqlarining o'ziga xosligi unda qadimiy merosning saqlanib qolganligidir.

“O'tov manzilgohlari. Agar biror bir sayyoh O'zbekistonning shimoliy xalqlari madaniyati bilan tanishishni, ularning qadimiy turmush an'analari va musaffo tabiat qo'ynida mahalliy xalqning turmush tarzi bilan tanishishni istasa, sayr qilish uchun o'tov manzilgohlarini tanlashi mumkin. O'tov manzilgohlari egalari bilan birga ot, qoramol, parranda boqish, baliq ovlash, sabzavot va meva etishtirish kabi ko'plab ishlarni o'rganadi. Tabiatning beg'ubor tekisliklarda hayot gavjum bo'ladi”,- qayd etadi elektron nashr.

Materialda ta'kidlanishicha, o'zbek o'tov manzilgohlari an'anaviy ko'chmanchi aholi punktlari ko'rinishida qurilgan. Chodirlar butunlay ekologik toza materiallar bo'lmish yog'och va kigizdan yasalgan bo'lib, har bir chodir taxminan 5 kishini sig'dira oladi.

“O'tov manzilgohida har bir sayyoh qadimiy tsivilizatsiya poyonida, zamonlar aro sayohat qilib, bir paytlar karvonlari shu erdan o'tgan ko'chmanchi va savdogarlarni, umuman esa qadimiy Ipak yo'li iforini his etadi, – deyiladi materialda. – Odatda o'tov manzilgohlarida qolish turli xil ekzotik xizmatlarni ham o'z ichiga oladi: tuya minish, kuniga uch mahal ovqatlanish, cheksiz yulduzli osmon ostida va milliy fol`klor namoyishlari bilan gulxan atrofida va tabiat qo'ynidagi sayrlar shular jumlasidandir”

Maqola yakunida, “O'zbekistondagi eng mashhur o'tov manzilgohlar qatoriga “Aydarko'l” ko'lidan 10 kilometr uzoqlikda joylashgan “Aydar”, Nurato shahri yaqinidagi “Safari”, Orol bo'yidagi “Mo'ynoq”, “Ayoz qal'a” va boshqalar kiradi”, – deb yozadi “Swift News”.