Muzokaralar davomida ikki tomonlama investitsiyaviy va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish yoʻllari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi va Moʻgʻuliston tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida 2022-yil 15-martda boʻlib oʻtgan 6-siyosiy maslahatlashuv yakunlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirilishi koʻrib chiqildi.
Ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmini koʻpaytirish va qoʻshma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga, shu jumladan toʻqimachilik, charm-poyabzal sanoati, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat va avtomobilsozlik sanoatida har ikki davlat bozorlariga yetkazib beriladigan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega tovarlar nomenklaturasini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish boʻyicha navbatdagi amaliy tadbirlar kelishib olindi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati.