Bu haqda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, gripp va oʻtkir respirator virusli infeksiyalar mavsumiy kasalliklardan hisoblanadi. Ularga qarshi ilmiy asoslangan yechimlar ustida mahalliy olimlar tomonidan izlanishlar olib borilmoqda.
Mutaxassislar taʼkidlashicha, mazkur preparat immunitetni faollashtirib, organizmning viruslarga qarshi tabiiy himoyasini kuchaytiradi. Dori virusga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir etmaydi, balki organizmning oʻz immun javobini kuchaytirish orqali taʼsir koʻrsatadi. U interferonlar ishlab chiqarilishini ragʻbatlantirib, organizmni viruslarga qarshi “tayyor holatga” keltiradi.
Qayd etilishicha, dori vositasi uchun barcha normativ-texnik hujjatlar loyihalari tayyorlangan.
Ilm-fan yutuqlari asosida yaratilgan mahalliy “SelAgrip” preparati aholi salomatligini muhofaza qilish yoʻlidagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.