“Oʻzbek raqsi” 21 jamoa orasida birinchi oʻrinni oldi

    Madaniyat 22 Sentabr 2020 766

    Bangkokda boʻlib oʻtgan milliy raqs tanlovida Oʻzbekiston milliy raqsi birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

    Bangkok shahridagi “Aksra Theatre King Power” teatrida Tailand madaniyat vazirligi va “Tailand raqs oʻqituvchilarining hamdoʻstlik jamiyati” tomonidan raqs tanlovi tashkil etildi.

    Tanlovda 21 jamoadan 1 ming 396 nafar ishtirokchi turli nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblik uchun kurash olib bordi.

    “Chet davlatlarning milliy raqsi” nominatsiyasida Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi bitiruvchisi Kuralbay Saparov tomonidan sahnalashtirilgan “Oʻzbek raqsi” faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.