O‘zbek sambochi qizlari ilk bor jahon chempionatida oltin medallar qo‘lga kiritishdi

    Sport 11 Noyabr 2023 947

    Armaniston poytaxti Yerevan shahrida sambo bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi.

    Musobaqaning birinchi kuni vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli kechdi.

    -50 kg vazn toifasida Gulsevar O‘roqova, -59 kg vazn toifasida esa Ibodatxon Agojogonova barcha raqibalarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

    Jangovar samboda esa -79 kg vaznli Furqat Ro‘ziyev kumush medalga ega chiqdi.

    Qayd etish lozimki, hali O‘zbekiston sambochi qizlari kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medal qo‘lga kiritishmagandi. Gulsevar va Ibodatxonning oltin medallari o‘zbek sambosi tarixida yangi sahifa ochishdi.