Afg'oniston Islom Respublikasida 30-mart — 3-aprel kunlari  bo'lib o'tgan xalqaro Matchmeyking konferensiyasi o'z yakuniga yetib, unda ishtirok etgan 18 nafar tadbirkorlarimiz yurtimizga istiqbolli hamkorlik bitimlari bilan qaytdi.

O'zbekiston Eksportchilar uyushmasi hamda Biznesni rivojlantirish uyushmasi tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbir Afg'oniston bilan bog'liq uchinchi loyihadir. Sammit dasturi doirasida B2B uchrashuvlar, mahsulotlar ko'rgazmasi hamda matchmeyking konferensiyasi bo'lib o'tdi.

Tadbirlar chog'ida O'zbekistonning Afg'onistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yodgorxo'ja Shodmonov delegatsiya a'zolari bilan uchrashib, ular bilan suxbatda bo'ldi. U mazkur tadbir tarixiy voqea ekanligini va ikki davlat o'rtasidagi savdo aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishini ta'kidladi. Uchrashuvda shuningdek, Uyushmaning  Afg'onistonlik xamkori Ashraf Xoshimiy va O'zbekiston Eksportchilar uyushmasining Afg'onisondagi vakili Farid Nurini ham ishtirok etdi.

Do'stona ruhda kechgan uchrashuvlar ikki davlat tadbirkor doira vakillari o'rtasida imzolangan 12 ta shartnoma bilan yakunlandi.