Vazir oʻrinbosarining Vengriyaga safari davomida Etvosh Loran (Eötvös Loránd University) universiteti prorektori Imre Xamar va boshqa masʼul rahbarlar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻtkazilgan muzokaralarda tomonlar Vengriyaning eng qadimiy va nufuzli universitetlaridan hisoblangan (1635-yilda tashkil etilgan) Etvosh Loran universitetida oʻzbek tilini oʻrganishni tashkil etish hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida qoʻshma magistratura dasturini ochishga kelishildi.

Shuningdek, Vengriyaning Debretsen universiteti bilan ham muzokaralar olib borilib, ushbu universitetning taʼlim dasturlarini yurtimizda amalga oshirish boʻyicha hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi va bitim loyihasi muhokama qilindi.