Fayzullo Yaxyoyev maktabda oʻquvchilarga saboq berish bilan bir qatorda OʻzMU 2-bosqich magistranti.
OʻzMU adabiyotshunoslik kafedrasi mudiri, Filologiya fanlari doktori, professor, Hamidulla Boltaboyev ilmiy rahbarligida "XX asrning ikkinchi yarmi oʻzbek navoiyshunosligi masalalari (Toʻxtasin Jalolov ilmiy merosi misolida) mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Hozirga qadar 100 dan oshiq ilmiy-publitsistik maqolalari, tezislari xalqaro, respublika miqyosidagi nashrlarda eʼlon qilingan, toʻplamlarga kiritilgan. Respublika Yosh olimlar kengashi aʼzosi.