Oʻzbek tili izohli lugʻatining besh tomli yangi nashri taqdimoti oʻtkazildi

    Fan 27 Iyun 2020 2888

    Lugʻat 80 mingdan ortiq oʻzbek adabiy tilida keng isteʼmolda boʻlgan soʻz va soʻz birikmalari, fan, texnika, sanʼat va madaniyat sohalariga oid terminlar, shevada qoʻllanadigan soʻzlar, tarixiy atamalarni oʻz ichiga olgan.

    Hozir dunyo miqyosida 50 milliondan ortiq kishi oʻzbek tilida gaplashadi. Yer yuzida jami 7 mingdan ortiq til bor. 7,5 milliard kishi muloqot qiladigan bu tillarning bor yoʻgʻi 1 foizi, yaʼni, 70 ta tilda dunyoning 90 foiz aholisi muloqot qiladi. Oʻzbek tili ham dunyo aholisi koʻp gaplashadigan tillar qatorida va u 1 foizni tashkil qiladi, deya taʼkidlandi yigʻilishda.

    Lugʻatning ushbu nashri bu gal 3 ming nusxada chop etilgan.

    Ishchi guruh aʼzolari izohli-lugat.uz veb-sayti ustida ham ish olib borishmoqda. Unda foydalanuvchilar uchun soʻz qoʻshish (koʻrikdan oʻtkazib) imkoni yaratilishi nazarda tutilgan.