Bu haqda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va “Wildberries” xalqaro onlayn platformasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan seminarda maʼlum qilindi.
"Wildberries”ning Oʻzbekistondagi vakili Sardor Qodirovning aytishicha, ushbu qoʻshma loyiha mamlakat uchun muhim voqeadir. Chunki Oʻzbekiston hukumati uzoq vaqtdan beri tayyor toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini qoʻllab-quvvatlash va ularning eksport salohiyatini oshirish uchun katta saʼy-harakatlarni amalga oshirmoqda.
Hamkorlik doirasida, shuningdek, “Wildberries” biznes maktabi tomonidan oʻquv loyihasi ham ishga tushiriladi. U Oʻzbekiston toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorlarga eksport qilish imkoniyatini sezilarli darajada kengaytirishga yordam beradi.
“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi negizidagi ishlab chiqaruvchilar va mahalliy tadbirkorlar uchun bunday seminarlar yaqin kunlarda Namangan, Fargʻona va Andijonda ham oʻtkaziladi.
“Wildberries” mahalliy ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotga intiladi va mahalliy biznes onlayn segmentda rivojlanishi uchun platforma xizmatlarini yaxshilaydi. Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar platformada tobora ommalashib bormoqda. 2023-yil yanvar-avgust oylari davomida Oʻzbekistondan mahsulot sotish yiliga 94 foizga oʻsib, 285 million dollarni tashkil qilgani buning tasdigʻidir.