2021-yilning ikkinchi yarmida Termizda oʻzbekistonlik va afgʻonistonlik hamshiralarni oʻqitish va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazi ochiladi.
Bu haqda Oliy Majlis Senat raisi Tanzila Norboyeva va Germaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi Gyunter Leo Overfeld oʻrtasidagi uchrashuvda maʼlumot berilgan.
Maʼlum qilinishicha, Germaniya hamkorlik doirasida pandemiya sharoitida sogʻliqni saqlash va boshqa sohalarni rivojlantirishga 180 million yevro ikki yilga ajratgan.
2021-yilning ikkinchi yarmida Termizda Oʻzbekiston va Afgʻoniston hamshiralarini oʻqitish va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv markazini ochish rejalashtirilgan. Shuningdek, navbatdagi loyiha doirasida davlat boshqaruvi, shu jumladan, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish uchun 10 million yevro ajratiladi.