O‘zbek va tojik xalqlarining do‘stligi tarannum etildi

    Hukumat 18 Aprel 2024 4153

    Dushanbe shahridagi “Ko‘hi Borbad” san’at saroyida O‘zbekiston va Tojikiston san’at ustalari ishtirokida “Do‘stlik oqshomi” bo‘lib o‘tdi.

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon konsertni birgalikda tomosha qildilar.

    Ikki mamlakat san’at ustalarining bunday konsertlari xalqlarimiz o‘rtasidagi abadiy va samimiy do‘stlikni ifodalovchi yaxshi an’anaga aylangan. Zero, mehr-oqibatli bo‘lish, tinch-totuv yashash – xalqlarimizning azaliy orzusi va samimiy intilishidir. Bugun ushbu orzu-intilishlar hayotga ko‘chmoqda, mamlakatlarimiz yetakchilarining irodasi va sa’y-harakatlari tufayli xalqlarimiz yanada yaqinlashdi, davlatlararo munosabatlar ittifoqchilik darajasiga ko‘tarildi.

    Bu jihatlar bugungi konsert dasturida yana bir bor tasdiqlandi. Iste’dodli san’atkorlar ijro etgan kuy-qo‘shiqlarda xalqlarimiz madaniyatining boyligi, o‘ziga xosligi va shu bilan birga mushtarakligi o‘z ifodasini topdi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi davom etmoqda.