Oʻzbekistonda zilzila kuzatildi

    2025-yil 8-avgust kuni soat 08:58:49 da Oʻzbekiston hududida zilzila qayd etildi.

    Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi maʼlumotlariga koʻra, zilzilaning epitsentri Andijon viloyatining Marhamat tumanida joylashgan.

    Geografik koordinatalari — 40,55° shimoliy kenglik va 72,26° sharqiy uzunlik. Zilzilaning magnitudasi 4,2 ni tashkil etdi, u 15 km chuqurlikda sodir boʻlgan.

    Zilzila epitsentri Toshkent shahridan 268 km janubi-sharqda joylashgan.

    Zilzilaning sezilish darajalari quyidagicha kuzatilgan:

    • Epitsentrda (Marhamat tumani) — 4 ball
    • Andijon viloyati — 3 ball, 29 km masofada
    • Fargʻona viloyati — 2–3 ball, 45 km masofada
    • Namangan viloyati — 2 ball, 72 km masofada