Tomonlar delegatsiyalariga Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov va Pokiston Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Aftab Aman Qurayshiy boshchilik qildi.
Oʻzbekiston — Pokiston koʻp qirrali hamkorligining hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya aloqalarini chuqurlashtirishga tomonlar manfaatdorligi bildirildi. Mintaqaviy masalalar, birinchi navbatda Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikni taʼminlash, ijtimoiy-iqtisodiy hamda infratuzilma loyihalarini birgalikda amalga oshirish orqali ushbu mamlakat iqtisodiyotini tiklashga alohida eʼtibor qaratildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.
2021-yil 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” yuqori darajadagi xalqaro konferensiyasida Pokiston tomonining oliy darajadagi ishtirokining tashkiliy jihatlari koʻrib chiqildi.
Maslahatlashuvlar doirasida umumiy kun tartibining boshqa masalalari ham koʻrib chiqildi.