Ushbu nominatsiya g‘olibligi haqidagi maxsus sertifikatni dunyodagi eng mashhur sayyohlik nashriyotlardan biri - «Lonely Planet» vitse-prezidenti Tom Brodi O‘zbekiston turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Jamshid Abdusalamovga topshirdi.
«Lonely Planet» ekspertlari maʼlumotiga ko‘ra, ushbu mukofot O‘zbekistondagi quyidagilar islohotlar uchun taqdim etildi:
«O‘zbekiston bo‘ylab vohadan tortib vohagacha sayohatchilar o‘tgan asrlar davomidagi savdo tarmoqlarini kuzatishda davom etmoqda. Bir paytlar obod qalʼa shaharlarini bog‘lab turgan tuya karvonlari o‘rnini tezyurar temir yo‘l va qulay ichki reyslar tarmog‘i egallagan bo‘lsada, Samarqand, Buxoro va Xivaning qadimiy madaniy markazlari hali ham Ipak yo‘li davrini eslatib turadi. Nurota tog‘larida jamoatchilik asosidagi turizm tashabbusi tashrif buyuruvchilarga cho‘pon jamoalari hayotini ko‘rsatadi».
uzbektourism.uz portali maʼlumotiga kura, «Lonely Planet» - sayohat bo‘yicha qo‘llanma va kitoblar chop etishga ixtisoslashgan yirik noshirlik kompaniyasi hisoblanadi. Korxona 1973 yilda Avstraliyada tashkil etilgan. Shu kunga qalar mazkur kompaniya tomonidan 150 milliondan ortiq kitoblarni chop etgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyaning London shahrida bo‘lib o‘tayotgan «World Travel Mart» xalqaro turizm ko‘rgazmasida milliy pavilyon bilan ishtirok etdi.