Oʻzbekiston – BAA: Mamlakatimiz futboli tarixidagi eng muhim uchrashuv oʻtkaziladi

    Sport 5 Iyun 2025 1930

    Ushbu uchrashuvda qoʻlga kiritilgan 1 ochko ham Timur Kapadze boshchiligidagi Oʻzbekiston MTJni jahon chempionatiga olib chiqadi.

    Bugun 5-iyun kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2026-yili boʻlib oʻtadigan jahon chempionati saralash bahslarining soʻnggi saralash bosqichi 9-tur doirasida Abu-Dabida Birlashgan Arab Amirliklari terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

    Ushbu uchrashuvda qayd etilgan durang natija ham Timur Kapadze boshchiligidagi Oʻzbekiston milliy terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqadi.

    Eslatib oʻtamiz, ushbu oʻyinda terma jamoamiz toʻliq koʻk libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakatlanadi. Uchrashuv esa BAAning Abu-Dabidagi "An-Naxyon" stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.