«Oʻzbekistonda multiindikator klaster kuzatuvlarini amalga oshirish uchun oʻz metodlarini taklif qildi.

Afsuski, oʻtgan yili oʻtkazilishi lozim boʻlgan kuzatuvlar pandemiya tufayli bu yilga qadar choʻzildi.

Oʻzbekiston — koʻp aholiga ega katta mamlakat. Sizlarda bolalar soni ham juda koʻp. Shu bois bizning ishimiz 4 oyga choʻziladi. Taqqoslash uchun, bu ishlarni Qozogʻistonda hududi katta boʻlsa ham uch oyda yakunlagan edik, bizda aholi va bolalar soni kamroq.

Pandemiya sharoitida biz ham aholini, ham ular bilan ishlayotgan mutaxassislar salomatligini ham asrashimiz lozim. Oʻzbekiston — dunyoda multiindikator klaster kuzatuvlarini yuzma-yuz oʻtkazayotgan yagona mamlakat, deya olaman. Hozir juda koʻp mamlakatlar kuzatuvlarni telefon orqali oʻtkazishmoqda».