Joriy yilning 7-sentabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan O'zbekiston–Eron o'rtoqlik uchrashuvi 7-oktabr sanasiga ko'chirildi. Shunday bo'lsada, terma jamoamizning sentabr oyidagi o'quv-mashg'ulot yig'ini o'z vaqtida o'tkaziladi.

Ma'lumot o'rnida ta'kidlash lozim, O'zbekiston va Tojikiston futbol federatsiyalari kelishuviga binoan, joriy yilning 3-sentyabr kuni poytaxtimizda o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.