Estoniyaning Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Tomas Tirs Estoniya ishbilarmon doiralari tomonidan ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatishning turli yoʻnalishlarida oʻzbekistonlik tadbirkorlar bilan hamkorlikka qiziqish ortib borayotganini taʼkidladi.
Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi vakillari logistika va transport, taʼlim va AKT sohalarida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflarni bildirdi.
Biznes-forum yakunida Oʻzbekiston va Estoniyaning yetakchi kompaniyalari oʻrtasida V2V formatidagi uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi, unda ishtirokchilar qoʻshma korxonalar tashkil etish va oʻzaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzish masalalarini mazmunli muhokama qildi, deb xabar beradi Savdo-sanoat palatasi matbuot xizmati