Tomonlar ikki davlatning oliy taʼlim, professional taʼlim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida hamkorligi hamda oʻzaro aloqalarni yanada mustahkamlash yoʻlida olib borilayotgan ishlarni muhokama qildilar. Xususan, Toshkent shahrida Oʻzbekiston -Fransiya universitetini tashkil etish, joriy yil sentyabr oyidan universitetning tayyorlov kurslarini ochish, oʻquv rejalari, taʼlim dasturlarini yaratish va tasdiqlash, professor-oʻqituvchilarni jalb etish kabi masalalar koʻrib chiqildi.
Shuningdek, professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilarini Fransiyada amaliyot oʻtashlarini tashkillashtirish, talabalarga fransuz tilini oʻrgatish dasturlarini yanada takomillashtirish, fransuz tili oʻqituvchilarining malakasini oshirish boʻyicha fikr almashildi.
Joriy yil oktyabr oyida Toshkentda boʻladigan Oʻzbekiston -Fransiya rektorlar forumiga tayyorgarlik masalalari ham uchrashuv kun tartibidan oʻrin oldi, deb xabar beradi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.