Senatda boʻlib oʻtgan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikka oid keng koʻlamli masalalar, jumladan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlash va parlamentlararo aloqalarni rivojlantirishga doir masalalar muhokama etildi.
Germaniya vakillari Oʻzbekistonning ichki va tashqi siyosatida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
Muloqot davomida ikki mamlakat oʻrtasida migratsiya va mobillik boʻyicha hukumatlararo bitimning ahamiyati muhokama etildi. Tovarlarni barqaror yetkazib berish zanjirini yoʻlga qoʻyishga eʼtibor qaratildi. Mehnat va bandlik sohasida hamkorlik yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga kelishib olindi, deb xabar beradi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.