Oʻzbekiston – Qirgʻiz Respublikasi uchrashuvining vaqti oʻzgardi

    Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 20-mart kuni Jahon chempionati-2026 saralash bosqichi doirasida Qirgʻiz Respublikasiga qarshi bahs olib boradi.

    Qayd etilishicha, Ramazon oyi munosabati bilan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi uchrashuv vaqtini oʻzgartirish boʻyicha OFKga soʻrov yuborgan.

    Soʻrov qanoatlantirilib, oʻyin 20-mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:15 ga koʻchirildi.