Mehmonlarni Oʻzbekiston Respublikasi markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi direktori oʻrinbosarlari G.Sultonmetova va Sh.Ibragimovlar samimiy kutib olishdi.

Shundan soʻng, mehmonlar bilan birgalikda Respublika markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi faoliyati, kitobxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, boʻlimlar faoliyati, ovoz yozish studiyasi, Brayl yozuvida chop etish uchun moʻljallangan tipografiya faoliyati oʻrganildi.

Uchrashuv davomida tomonlar oʻrtasida hamkorlik istiqbollari yuzasidan oʻzaro fikr-mulohazalar almashildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi markaziy koʻzi ojizlar kutubxonasi va Qozogʻiston Koʻzi ojizlar va zaif koʻruvchi fuqarolar uchun Respublika kutubxonasi oʻrtasida koʻzi ojiz va zaif koʻruvchi kitobxonlar uchun zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan toʻliq jihozlangan kutubxona xizmatini koʻrsatish tizimini mukammallashtirish, oʻzaro tajriba almashish hamda bilim, koʻnikma va malakalarini mustahkamlash borasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolandi.