Oʻzbekiston – Togo 5:3

    Futbolchilarimiz yana ikkita oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi

    Oʻzbekiston olimpiya jamoasi shu kunlarda Marokashda yigʻin oʻtkazmoqda. Futbolchilarimiz yigʻin doirasida Togo yoshlariga qarshi nazorat oʻyinini oʻtkazishdi va ishonchli gʻalabaga erishdi – 5:3.

    Temur Kapadze murabbiyligidagi jamoa yigʻin doirasida yana ikki marta – 25-mart kuni Kot-dʻIvuar va 28-mart kuni mezbonlarga qarshi maydonga tushadi.